So‘x tumanida bo‘lib o‘tgan ommaviy tartibsizliklar yuzasidan ayblangan 22 kishi ustidan davom etayotgan sud jarayonida barcha sudlanuvchilarning oxirgi so‘zi eshitildi.
“So‘x voqealari” bo‘yicha navbatdagi sud majlisida besh nafar jabrlanuvchi va bir nafar guvohning ko‘rsatuvi tinglandi. “Sudlanuvchilarning hammasini taniyman. Lekin voqea joyida ularning hech birini ko‘rmaganman”, — dedi guvoh. Jabrlanuvchilarning ikki nafari esa ayblanuvchilarni voqea joyida bo‘lmaganini, ulardan shikoyati yo‘qligini aytdi.
«So‘x voqealari» bo‘yicha 22 nafar shaxsga nisbatan navbatdagi sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Davlat ayblovchisi So‘x voqealarida bir qancha avtomashina va yashash xonadonlariga moddiy zarar yetganini aytdi. Ayblanuvchilarning bir qismi aybiga iqror bo‘lmagan, ayrimlari esa qisman iqrorligini ma’lum qilgan.
May oyida Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida bo‘lib o‘tgan ommaviy tartibsizliklar yuzasidan sud jarayoni boshlandi. Ayblanuvchilar soni 22 nafarga yetdi, avgustda ular sonining olti nafar ekani xabar qilingandi. Sudlanuvchilar orasida ikki nafar voyaga yetmagan shaxs ham bor.
«Gazeta.uz» So‘x tumanidagi tartibsizliklarda ishtirok etganlikda ayblanayotgan olti kishining ismini aniqladi. Ulardan ikki nafarining oilasi bilan suhbatlashdik. Qarindoshlari qo‘lga olinganlarning mojaroda ishtirok etmaganini ta’kidlashmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting